22:06 / 07.08.2017
13446

Muallaq kenglikda cho‘milishga mo‘ljallangan maxsus kostyum ixtiro qilindi (video+suratlar)

Bugungi kunda Marsni zabt etishga tayyorlash borasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularning doirasida nafaqat kosmik kemali raketalar ishlab chiqilmoqda. Albatta, aynan shu vazifalarga ko‘proq e'tibor va mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Shunga qaramay, boshqa, nisbatan kichikroq, lekin muhim loyihalar borligini ham unutmaslik kerak. Darhaqiqat, Qizil sayyoraga uchib borishning o‘zigina yetarli emas. U yerga joylashish va o‘ziga xos koloniyani tashkil qilish muhim. Buning uchun ko‘plab turli buyumlar kerak bo‘ladi. Masalan, Sentral Sent Martinsni tugallagan Kristen Lyu Galactic Everyday ustida ishlamoqda. Dezeen shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Galactic Everyday loyihasi doirasida Marsda yashash uchun zarur bo‘lgan kundalik vazifalarni bajarishga qaratilgan asbob-uskunalar ishlab chiqariladi. Lyu bugunga qadar cho‘milish tizimi va termonazoratni amalga oshiruvchi adyolli vakuum-xalatni ishlab chiqardi. 

Cho‘milish tizimi alohida diqqatga sazovor. Odamlar Marsga sayohat davomida muallaq kenglikda bo‘lishadi. Bunday sharoitda vannada cho‘milishning imkoni bo‘lmaydi. Lyu tomonidan yaratilgan kostyum bu muammoni hal qilishga yordam beradi. U maxsus trubkalar orqali suv bilan to‘ldiriladi: shu tariqa kosmonavtlar kostyumning ichidayoq yuvinishlari mumkin bo‘ladi. 

Darvoqe, NASA "hojatxona" masalasida ham jiddiy tashvishda. Bu kosmik tadqiqotchilar oldida turgan kundalik ehtiyoj muammosini hal qilishga yo‘naltirilgan tanlov o‘tkazish va takliflar orasidan uchta eng salohiyatlisini tanlab olish imkonini berdi. 

Mavzuga oid
Top