12:00 / 07.08.2017
9726

NASA​ olimlari Yerga asteroid yaqinlashganda sayyoraning himoya tizimini tekshirib ko‘rmoqchi

Kuzda Yerga asteriod bo‘lagi yaqinlashib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi NASA kuzatuvchilari.

Bu holat unchalik qo‘rqinchli va tashvishga sabab bo‘luvchi emas, qaytanga, agentlik sayyoraning himoya tizimini nechog‘li samarali ishlashini tekshirib olish imkoniyati paydo bo‘lganidan xursand bo‘lmoqda

2012 TS4 asteroidi Yerga yaqinlashib kelish sanasi taxminan 12 oktabr kuniga to‘g‘ri keladi. NASA​ olimlarining ta'kidlashicha, u Yer yuzasidan 6,800 km uzoqlikdagi chegaradan o‘tmaydi. Shunga qaramay, mutaxassislar uning fazodagi aniq harakatlanish chizig‘ini aytib bera olmaydi, so‘nggi marta olimlar asteroidni 2012 yili kuzatishgan edi.

NASA​ tadqiqot markazidagi kuzatish maydonlarida oyiga yuzlab bunday mayda fazo bo‘laklarining harakatlanishi va Yerga yaqinlashuvi kuzatiladi.

Mavzuga oid
Top