00:55 / 07.08.2017
6849

«Nitstsa» Sneyder transferini e'lon qildi

Fransiyaning «Nitstsa» klubi niderlandiyalik yarimhimoyachi Uesli Sneyder bilan dastlabki kelishuvga erishilgani haqida  ma'lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Sneyderning faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qolgan. Shundan so‘ng u «Nitstsa» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq niderlandiyalik futbolchi «Galatasaroy» bilan shartnomasini bekor qilgandi.

Mavzuga oid
Top