13:03 / 07.08.2017
4047

Tailandda 2 ta avtobus, 2 ta furgon va mototsikl ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Tailandda YTH natijasida 23 kishi, jumladan Xitoy va Yaponiyadan bo‘lgan sayyohlar jabrlandi. Bu haqda Bangkok Post mahalliy politsiyaga asosan xabar bermoqda.

Beshta transport vositasi ishtirokidagi YTH Pxuket orolida yuz berdi. Xitoylik 21 sayyohni olib ketayotgan turistik avtobus boshqaruvning yo‘qotilishi tufayli ikkita furgonga kelib urilgan, ulardan biri esa ichida uchta yaponiyalik yo‘lovchi bo‘lgan boshqa avtobus bilan to‘qnashgan. Motosikl ham YTH ishtirokchisiga aylandi va boshqa furgonga kelib urildi. Avtobuslarning ikki haydovchisi va mototsiklchi jarohat oldi.

Hodisa oqibatida xitoylik 17 nafar va yaponiyalik uch nafar sayyoh jarohat oldi, XXRdan bo‘lgan to‘rt turist og‘ir darajada jabrlangan.

Mavzuga oid
Top