08:13 / 07.08.2017
5940

Tramp Janubiy Koreya prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Foto: Yonxapnews.co.kr

AQSh prezidenti Donald Tramp janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Amerika rahbari tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Hozirgina Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon muloqotini yakunladim. BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha ovoz berish jarayonidan juda ko‘nglim to‘ldi», - deya yozdi Tramp.

Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni yoqlab ovoz berdi. Sanktsiyalar mamlakat eksportini qisqartirishga qaratilgan.

Top