15:15 / 07.08.2017
5953

Yunusobodda jinoyatchi o‘g‘rilik sodir etayotgan vaqtda qo‘lga olindi

2017 yilning 4 avgust kuni taxminan soat 15:00 larda muqaddam sudlangan G‘ayratjon Sobitov (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Dilmurod Ahmedovga tegishli “Damas” rusumli avtomashina eshigi va oynasi ochiqligidan foydalanib, uning salonidan 500.000 so‘m pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan jinoyat joyida ushlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top