22:22 / 07.08.2017
14180

«Zolotaya Korona» mobil ilovasi endi o‘zbek tilida

2017 yilning avgustidan e'tiboran Android operatsion tizimidagi qurilmalardan «Zolotaya Korona – denejnyye perevody» mobil ilovasini o‘zbek tilida kuzatish mumkin bo‘ladi. Ilova yuklab olingach, uning sozlamalaridan o‘zbek tili tanlanab olinadi. Mazkur ilovani Google Play Market'dan yuklab olish mumkin. 

Mobil ilova bank kartasidagi vositalardan foydalanib, pul o‘tkazmalarini onlayn rejimda yo‘llash, o‘tkazmaning joriy holati haqida ma'lumot olish va keng hamorlik infratuzilmasida (49 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatish punkti) eng yaqin punkt manzilini topish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, foydalanuvchi amalga oshirgan o‘tkazmasini shaxsiy kabinetida shablon sifatida saqlab qolish imkoniga ega. 

"Ona tilidagi interfeys mijozlar uchun yanada qulay muhit yaratadi. O‘zbek tilidagi ilova - bizning multilingvistik loyihamiz doirasidagi birinchi reliz, yaqin kelajakda «Zolotaya Korona» MDHning bir necha tilidagi versiyalarni ham ishga tushiradi", - deya izohlaydi «Zolotaya Korona - pul o‘tkazmalari» servisining direktor o‘rinbosari Olesya Fyodorova. 

Top