09:59 / 08.08.2017
10313

AQShda rekord miqdordagi fuqarolar Trampning ishidan norozi 

AQShda Donald Trampning mamlakat prezidenti lavozimidagi ishidan norozi bo‘lgan aholi soni 56 foizga yetdi. Bundan SSRS xizmati so‘rovi natijalari darak bermoqda.

Xabar qilinishicha, Trampning ishidan norozi bo‘lganlar, u lavozimiga kirishgandan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Ta'kidlanishicha, fevralda uni amerikaliklarning 44 foizi ijobiy baholashgan bo‘lsa, norozilar soni – 53 foizga teng bo‘lgan. Shu bilan birga, aprelda Trampning ishidan hamon o‘sha 44 foizning ko‘ngli to‘lgan bo‘lsa, 54 foiz kishilar norozilik bildirgan.

Ayni damda esa uning ishini AQSh aholisining 38 foizi ma'qullamoqda.

Mavzuga oid
Top