10:06 / 08.08.2017
10220

Andijonda qotillikning oldi olindi

Andijon shahrining Pushkin ko‘chasida shahar ichki ishlar boshqarmasi va hokimlik tomonidan tashkil etilgan “Mahalla posti”da xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan o‘zining harakatlari bilan shubha uyg‘otgan R.T. to‘xtatilib tekshirilganida, yonida xo‘jalik pichog‘i borligi aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bergan.

Undan nima sababdan pichoq olib yurgani so‘ralganda, oilaviy kelishmovchilikdan siqilib, mast holda kelinining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, uni o‘ldirmoqchiligini aytadi. Biroq kelini uyda bo‘lmaganligi uchun ko‘chaga qidirib chiqqanligini ma'lum qilgan. 

Ayni vaqtda holatga oydinlik kiritish maqsadida, surishtiruv ishlari, shuningdek hudud profilaktika inspektori va mahalla faollari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Top