09:05 / 08.08.2017
3404

Bektemir tumanida fuqaro 1 kilogrammdan ortiq marixuana bilan ushlandi

2017 yilning 3 avgust kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Andrey Vakulenkodan og‘irligi 1 kilogramm 33,03 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top