17:12 / 08.08.2017
5122

Britaniya va Fransiya do‘konlarida zaharli moddaga ega tuxumlar aniqlandi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya va Fransiyada tarkibida fipronil insektitsidi bo‘lgan tovuq tuxumlari aniqlandi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si». Ular Niderlandiyadan keltirilgani aytilmoqda.

Britaniya va Fransiyadagi do‘konlar peshtaxtasiga tarkibida zaharli modda bo‘lgan tuxumlar Niderlandiyadagi fermalardan olib kelingan. Britaniyada bunday tuxumlar soni 21 mingta bo‘lsa, Fransiyada bir necha mingtani tashkil etadi.

Britaniya oziq-ovqat standartlari agentligining ma'lum qilishicha, bunday mahsulot jamiyatga katta xatar tug‘dirmaydi.

Fipronil burga va bitlarni yo‘q qilish uchun qo‘llaniladi, shu bilan birga, bu moddani go‘shti insonlar iste'moliga mo‘ljallangan hayvonlarni davolash uchun ishlatish mumkin emas. 

Mavzuga oid
Top