19:42 / 08.08.2017
26771

Chopar Pizza endi Andijonda 

Chopar Pizza Andijonda ochilmoqda. Ochilish kunida pitssa bepul tarqatiladi! 10 avgust kuni soat 18:00 da Chopar Pizza Andijondagi navbatdagi filialini “O‘zbegim” savdo markazida ishga tushiradi. Bu mamlakat mintaqasidagi ochilish marosimida katta hajmda pitssa tayyorlanib, har bir tashrif buyuruvchiga savdo markazining yopilishiga qadar tarqatiladigan birinchi filial bo‘ladi. 

Chopar Pizza O‘zbekistondagi milliy brend bo‘lib, o‘z mahsulotini faqatgina yangi holda sotib olinuvchi mahalliy mahsulotlardan tayyorlaydi. Bugungi kunda Chopar Pizza Toshkentda 5 ta filialga ega. Kompaniya faoliyati mahsulotni yetkazib berishga qaratilgan. Shu maqsadda ko‘pkanalli koll markaz tashkil etilib, autsorsga mashinalari bor haydovchilar yollandi va katta hajmlarga mo‘ljallangan hamda yetkazib berish uchun tez tayyorlash maqsadida maxsus italyan uskunasi xarid qilindi. Chopar Pizza Toshkent shahrining 80 foizdan ortiq qismini qamrab olib, endilikda o‘z yo‘nalishini mintaqalarga franshizani sotish orqali qaratdi. Bugungi kunda mamlakatning turli hududlarida ochilish uchun tadbirkorlardan murojaatlar bor. Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekistonda franshizaning sotilishi amaliyotda qo‘llanilmagan yoki endi boshlanib kelayotgandi hamda u tez orada katta ko‘lamga ega bo‘ladi. 

Kompaniyaning bugungi kundagi asosiy strategiyasi – mahsulot ta'mi sifatini qo‘llab-quvvatlash, tez yetkazib berishni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish servisini doimiy ravishda oshirib borish. Biroq, Chopar Pizza’ning eng asosiy maqsadi – tez o‘sib borayotgan bozor sharoitida iste'molchilar talabini qondirishdir. «Chopar Pizza» milliy brendidagi pitstseriyalar tarmog‘i bugun O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatidagi eng tez rivojlanib borayotgan kompaniya hisoblanadi. 2 yildan beri bozorda kompaniya hajmi har oyda yetkazib berish bo‘yicha 7-10 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda. 

Yetkazib berishga buyurtma berishda qulaylik yaratish maqsadida an'anaviy Koll markazdan tashqari, O‘zbekistonda ilk bora Telegram-bot orqali onlayn-buyurtmalarni qilish imkoniyati joriy etildi. Bunda real vaqt rejimida Paycom to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov qilish optsiyasi yordam beradi. Ayni damda to‘lovni Telegram-bot orqali onlayn qabul qilish uchun Click tizimi bilan integratsiyasi ro‘y bermoqda. 

Chopar Pizza tarmog‘i menyusi 12 turdagi va Tantanaviy alohida premium darajasidagi pitssa qatoridan iborat. Premium darajada ikki hissa masalliqlar bor. Shuningdek, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo bozori uchun yangilik bo‘lgan «Turon» qora pitssasi bor.

Andijon shahri bo‘ylab yetkazib berish raqami - 999 60 60.

Reklama huquqi asosida

Top