17:41 / 08.08.2017
6288

Fransiyaning yaqindagina saylangan prezidenti ta'tilga ketmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir necha kunlik ta'tilga chiqishni mo‘ljallamoqda.

Bu haqda Le Figaro Yelisey saroyi bayonotiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, prezident ta'tilga ketishi haqida 8 avgust kuni hukumat a'zolari bilan o‘tkaziladigan tantanali kechki ovqat paytida rasman ma'lum qiladi.

Uning ta'tili qancha davom etishi noma'lum, biroq Fransiya hukumati matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Makron favqulodda holat ro‘y beradigan bo‘lsa, o‘zining prezidentlik vazifalariga darhol qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Makron 2017 yilning 14 may kuni Fransiya prezidenti lavozimiga kirishgandi.

Top