19:41 / 08.08.2017
8682

Xitoy g‘arbida kuchli zilzila yuz berdi

Xitoy g‘arbida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Reuters AQSh Geologiya xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Yer silkinishi Sichuan viloyatida qayd etilgan. Zilzila markazi 32 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Agentlikning ta'kidlashicha, Xitoyning bu viloyatida zilzilalar ko‘p ro‘y beradi.

Hozircha jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo‘q.

Avvalroq Turkiyaning Bodrum shahrida 5,3 magnitudali zilzila yuz bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top