09:33 / 08.08.2017
7177

Imo-ishoralar tilini o‘rganib olgan orangutang hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Reuters

AQShning Atlanta shahri hayvonot bog‘ida Chantek laqabli orangutang hayotdan ko‘z yumdi. U imo-ishoralar tilini o‘rganib olgandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, orangutang yurak kasalligidan davolanayotgan bo‘lgan. U 39 yoshda bo‘lgani ma'lum qilindi.

Chantek Atlantada tug‘ilgan va antropolog Lin Maylz bilan to‘qqiz yil yashagan. U orangutanglardan birinchi bo‘lib imo-ishoralar tilini o‘rganib olgan va uni hayvonot bog‘i qo‘riqchilari bilan muloqotda qo‘llagan.

Mavzuga oid
Top