08:51 / 08.08.2017
32002

Markaziy Osiyoda ilk bor quyoshli suv isitgichlarini ishlab chiqarish O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilmoqda

AQSh va Yevropa davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qo‘llanilmoqda. Endilikda, bu texnologiyalar O‘zbekistonda ham taqdim etilmoqda. Markaziy Osiyoda ilk bor Royal savdo belgisi ostida quyoshli suv isitgichlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Quyoshli suv isitgichlar – bu quyosh energiyasi yordamida suvni isitish uchun foydalaniladigan qurilmalardir. Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun tartibining dalzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil energiyadan foydalanish to‘g‘ri qarordir. O‘zbekistonda yilning aksariyat qismida asosan quyoshli ob-havo kuzatilishi e'tiborga olingan holda, quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish loyihasi mintaqa uchun juda mos keladi.

2016 yilning yakunidan boshlab “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriyalarida quyoshli suv isitgichlardan foydalanish bo‘yicha tajribalar boshlandi. Bu tajribalar Royal ilmiy markazi vakillari tashabbusi bilan quyoshli energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi. Tajribalarda Royal quyoshli suv isitgichlari unga o‘xshash import mahsulotlari bilan taqqoslandi va sinovdan o‘tkazildi. Royal savdo belgisi O‘zbekiston bozorida sifatli suv isitadigan qurilmalar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan. Royal suv isitgichlari O‘zbekiston iste'molchilari orasida katta talabga ega va shuning uchun quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish Royal brendi mahalliy bozordagi o‘rnini mustahkamlashda yangi bosqichga aylanadi.

«Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari tajribalar yakunida Royal savdo belgisi ostida ishlab chiqariluvchi quyoshli suv isitgichlardan foydalanishning yuqori energosamaradorligini qayd etishdi.

Royal quyoshli suv isitgichlari ikki turga bo‘linadi: gorizontal va vertikal.

Gorizontal quyoshli suv isitgichlar individual qurilma bo‘lib, bak va kollektordan iborat. Bunday turdagi isitgichlar xususiy uylar, kottejlar va dala-hovlilarga mos keladi. Ishlab chiqarishda hajmi 200 va 300 litr bo‘lgan gorizontal quyoshli suv isitgichlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bunday hajm 4 yoki 6 kishidan iborat oilani issiq suvga bo‘lgan ehtiyojini bemalol qondira oladi. 

Vertikal quyoshli suv isitgichlarning hajmi 300 dan 1000 litrgacha bo‘lib, aholi uylari, ko‘p qavatli ofislar, davlat muassasalari uchun mos hisoblanadi. Vertikal suv isitgichning baki yerto‘la kabi joylarga, kollektorlar esa binoning tomiga o‘rnatiladi.

Kollektor – bu quyosh energiyasini yig‘uvchi qurilmadir. Kollektor ichida misli trubkalar bo‘lib, ular isitish elementi bilan to‘ldirilgan. Isitish elementi quyosh nurlarini o‘ziga olib, undan energiya hosil qiladi va bu energiya keyin bakdagi suvni isitish uchun qo‘llaniladi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, vertikal quyoshli suv isitgichlar quyosh nurlarida ham, markaziy isitish tizimida ham ishlashi mumkin. Quyoshli kunlar kamayganda vertikal quyoshli suv isitgichlar markaziy isitish tizimidan foydalangan holda ishlashi mumkin.

Royal quyoshli suv isitgichlari quyidagi afzalliklarga ega:

Energosamaradorlik

Quyoshli suv isitgichlari xonalarni isitish va issiq suv bilan ta'minlashda qo‘llaniluvchi energomanbalarni tejash imkonini beradi. Royal quyoshli kollektorlarining o‘ziga xos jihati – ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar va energosamarador materiallardan foydalanishdir. Ular  quyosh nurlarini 95 foizga qadar o‘ziga singdirib ularni suv isitish uchun energiyaga aylantirishga qodir.

Sifat kafolati

Royal quyoshli suv isitgichlari nemis texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqarilib, barcha standartlarga mosdir. Bu qator sertifikatlar, jumladan, Solarkeymark va EN 12897:2006 bilan tasdiqlangan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida Yevropaning ekologik toza xomashyolaridan foydalaniladi.

Xavfsizlik
Royal quyoshli suv isitgichlari oqar sirkulyatsiya tizimi asosida ishlaydi. Tizim bakdagi suvni turib qolmasligini taminlaydi va bu esa ishlatilayotgan suvda bakteriyalar ko‘payishining oldi olinadi.

Quyoshli suv isitgichlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish joriy yilning sentabr oyiga mo‘ljallanmoqda, va shu oyning o‘zida O‘zbekiston bozorida quyoshli suv isitgichlarning birinchi partiyasi sotuvini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Top