22:43 / 08.08.2017
4120

McDonald’s Xitoydagi restoranlari sonini ikki karra ko‘paytirmoqchi

Foto: SS0

Dunyoda eng yirik tez xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘i McDonald’s Corp. 2022 yilgacha Xitoydagi restoranlari sonini 2 marta ko‘paytirmoqchi.

Joriy yilda avvalroq AQSh kompaniyasi Xitoy va Hongkongdagi biznesining katta ulushini CITIC va Carlyle kompaniyalariga taxminan 2,1 mlrd dollarga sotishga kelishgandi. Kompaniya yangi hamkorlik doirasida Xitoy va Hongkongdagi restoranlari sonini keyingi 5 yil ichida 1,5 mingtaga ko‘paytirishni rejalashtirgandi.  

Biroq yangi hamkorlik dunyodagi 2-raqamli iqtisodiyot bozorida o‘z mablag‘ining katta qismini qo‘llamasdan ulushini kengaytirishga imkon berishini mo‘ljallayotgan McDonald’s 2022 yilgacha Xitoydagi restoranlari sonini hozirgi 2,5 mingtadan 4,5 mingtagacha ko‘paytirishini e'lon qildi.

Kompaniya bu davr ichida Xitoyda savdolarning ikki raqamli yillik o‘sishiga  erishmoqchi va 2022 yilgacha yiliga 500 ta restorandan ochmoqchi. Kompaniya joriy yilda 250 ta yangi restoran ochishga muvaffaq bo‘ldi.

"Xitoy yaqinda kompaniyaning AQShdan tashqaridagi eng katta bozoriga aylanadi", deb aytgan McDonald’s rahbari Stiv Isterbruk.

O‘tgan haftada regulyatorlar tomondan ma'qullangan kelishuv doirasida CITIC McDonald’s’ning Xitoy va Hongkongdagi biznesining 52 foizini, Carlyle esa 28 foizini oladi.

Mavzuga oid
Top