09:09 / 08.08.2017
9861

Mourino Beyl uchun kurashishga tayyor

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino UYeFA Superkubogining «Real»ga qarshi uchrashuvi (8 avgust) oldidan madridliklar futbolchisi Garet Beylni sotib olish uchun kurashishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

«Yaqin kunlarda ko‘p narsaga oydinlik kiritiladi. Agar Beyl «MYu»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushsa, bu uning «Real» uchun kerakli futbolchi ekaniga eng yaxshi tasdiq bo‘ladi. O‘shanda, o‘ylashimcha, bu mavzu yopiladi. Ammo agar «Real» haqiqatan ham Beylni keraksiz, deb hisoblaydigan bo‘lsa, biz uning uchun kurashishga tayyormiz», — deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq matbuotda «Real» Beylni jamoada olib qolishga qaror qilgan va bu yo‘lda «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish fikridan qaytgani xabar qilingandi.

Top