16:45 / 08.08.2017
37439

Saudiya Arabistonida 26 yoshli shahzoda to‘satdan vafot etdi

Saudiya Arabistoni podsho xonadoni shahzoda Salmon bin Abdulloh bin Turki Al Saudning vafot etganini ma'lum qildi. Bu haqda SPA agentligi podshohlik devonxonasiga asoslanib xabar qilmoqda

"Shahzoda Salmon bin Abdulloh bin Turki Al Saud u dunyoga rihlat qildi", — deyiladi xabarda.

Unda o‘lim sabablariga oydinlik kiritilmagan. 

Eremnews agentligi vafot etgan shahzoda yaqinlariga asoslangan holda u 26 yoshda bo‘lgani, vafotiga yurak xuruji sabab bo‘lganini ta'kidlagan. 

Top