17:05 / 08.08.2017
3049

Uber hammuassisi: "Trevis direktorlik lavozimiga qaytmaydi, to‘g‘ri yetakchi davri keldi"

Uber hammuassisi va direktorlar kengashi a'zosi Garret Kamp o‘z xodimlariga yo‘llagan maktubida kompaniyaning asoschisi va sobiq bosh direktori Trevis Kalanik o‘z lavozimiga qaytmasligini ma'lum qilgan. Bu haqida Recode o‘z tasarrufidagi ma'lumot matnidan kelib chiqib xabar berdi. 

Kampning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi haftada yangi bosh direktor masalasida bir necha taklif olgan. Kompaniya hozircha Kalanikning o‘rniga boshqa rahbar izlamoqda. 

Uber hammuassisi "yangi rahbar va to‘g‘ri yetakchi davri kelgani", bu kompaniya rivojining keyingi bosqichida yordam berishini ta'kidlagan. Kamp bo‘lg‘usi rahbarni "jahon toifasidagi yangi CEO"sifatida tasvirlagan. "Siz yangiliklar dasturlarida eshitgan mish-mishlarga qaramay, Trevis bosh direktor lavozimiga qaytmaydi", - dedi direktorlar kengashi raisi. 

Recode manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Uber direktorlar kengashi nomzodlar ro‘yxatini to‘rt kishigacha qisqartirgan. Ularning ismi sharifi hozircha ma'lum qilinmagan. 

Trevis Kalanik 21 iyun kuni iste'foga chiqqan. Ta'kidlanishicha, bunga bir necha korporativ mojarolar hamda davlat xizmatchilarini "aldash" sabab bo‘lgan. 

Top