18:11 / 09.08.2017
6472

112 mln so‘mlik dorini sotib beraman deb olib, aldab ketgan firibgar qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida  Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan “San-Iih-Faiz” MChJga qarashli omborxonada bo‘lgan turli xil turdagi 112.250.000 so‘mlik bo‘lgan dori-darmon mahsulotlarini o‘zi sotib berishni va'da qilib olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 2017 yil may oyida, Boku ko‘chasi 179A-uyda joylashgan “San-Iih-Faiz” MChJga qarashli omborxonada, 1988 yilda tug‘ilgan M.Ulug‘bek tumani Qorasuv dahasida yashovchi X.A., 1991 yilda tug‘ilgan ushbu omborxonada ish boshqaruvchisi, Uchtepa tumani Al-Xorazmiy 31-dahada yashovchi M.S.ga birgalikda dori-darmon mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanamiz deb, ushbu mahsulotlarni o‘zi sotib berishni va'da qilib, omborxonadan tur xil turdagi 112.250.000 so‘mlik dori-darmon mahsulotlarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top