11:43 / 09.08.2017
9311

7 avgust kuni Toshkentda yuz bergan 5 ta YTHda 8 kishi jarohatlandi

2017 yilning 7 avgust kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 8 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

2017 yilning 7 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2206 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 583 tasini qo‘pol turdagi, 24 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 7 avgust kuni jami 579 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 249 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 280 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top