15:02 / 09.08.2017
10117

“Damas”, “Spark” va “Neksiya” o‘g‘rilari ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB o‘tgan haftada respublika hududida fosh etilgan transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar haqida ma'lumot berdi.

Xususan, 2017 yil 1 avgust kuni soat 16:00 larda, noma'lum shaxs tomonidan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, Ibn Sino ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan, Termiz shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.S.ga tegishli «DAMAS» rusumli avtomobili olib qochilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, ishsiz, 1992 yilda tug‘ilgan M.M. sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan. Avtomobil texnik soz holda egasiga qaytarilgan.

2017 yil 1 avgust kuni soat 14:00 larda, noma'lum shaxs tomonidan Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Uchariq qishlog‘ida joylashgan «Asliddin» oshxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan, Rishton tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.Sh. ishonch qog‘ozi bilan boshqarib yurgan, bir manzilda yashovchi otasi, 1951 yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli «SPARK» rusumli avtomobili olib qochilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Rashidoniy ko‘chasida joylashgan tuman markaziy kasalxonasining avtomobillar turargohidan texnik soz holda topilgan. Avtomobil egasi M.Sh. bilan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida u avtomobilni mast holda ushbu avtomobillar turargohiga haydab kelib, tashlab ketganligi aniqlangan.

2017 yil 3 avgust kuni 16:40 larda tushgan xabarga ko‘ra, noma'lum shaxs tomonidan Surxondaryo viloyati, Denov shahar hokimiyati qarshisida qarovsiz qoldirilgan, Sho‘rchi tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan M.F. boshqaruvida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i, 1977 yilda tug‘ilgan R.P.ga tegishli «NeKSIYa» rusumli avtomobili olib qochilgan. Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu avtomobil Sho‘rchi tumani, Jarqishloq maxallasi hududida, jinoyatchi Jarqishloq maxallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan J.M. boshqarib, savdo do‘koni oldida to‘xtab turgan vaqtida ushlangan.

2017 yil 3 avgust kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, THAY ko‘chasida, noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Uchtepa tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan S.R.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda S.R. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan I.A. ishonch qog‘ozisiz boshqarayotgan Zangiota tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan E.X.ga tegishli «LASeTTI» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, joriy yilning 4 avgust kuni ushlangan.

2017 yil 5 avgust kuni soat 22:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasi bilan piyoda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1991 yilda tug‘ilgan P.J.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda P.J. tan jarohati olib voqea joyida halok bo‘lgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.D. «NeKSIYa» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, joriy yilning 6 avgust kuni ushlangan.

Top