08:41 / 09.08.2017
5705

Xitoydagi zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, 175 inson jabrlandi

Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 175 kishi jabrlangan.

8 avgust kuni Xitoyning Sichuan viloyatida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. 9 avgust kuni esa Jinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida yana bir yer silkinishi qayd etildi.

Mavzuga oid
Top