09:44 / 09.08.2017
7672

Xitoyning ilk orbital stansiyasi 2018 yilda Yerga qulashi aniqlandi

Foto: rt.com

2018 yil yanvarida Yerga Xitoyning ilk orbital koinot stansiyasi Tiangong-1 qulashi aniqlandi. Bunday fikrga olimlar kelishdi, deb xabar bermoqda Space.com portali.

Bu stansiya 2011 yilda ishga tushirilgan va hali foydalanishga yaroqli, biroq Xitoy undan foydalanishdan voz kechgan va 2013 yildan beri ishlatmay keladi.

Tiangong-1 Yer ustida 349 km balandlikda uchmoqda va har kuni 160 metrga pastlamoqda. Stantsiyaga yuboriladigan qo‘shimcha qurilmalar 8 tonnalik konstruksiya qulashi oldini olishi mumkin. Biroq xitoylik olimlar bunday harakatlarning maqsadga muvofiqligiga shubha bildirishmoqda. Xitoy ko‘rinishicha, stansiyani qutqarish uchun hech qanday urinishlarni amalga oshirmaydi, chunki 2016 yildan beri zamonaviyroq bo‘lgan Tiangong-2 stansiyasidan foydalanib keladi.

Top