01:55 / 09.08.2017
30916

«Real» – UYeFA Superkubogi sohibi

UYeFA Superkubogi uchun «Real» hamda «Manchester Yunayted» o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yin nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:1 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. 

O‘yinda dastlabki golni Kazemiro 24-daqiqada kiritdi. 52-daqiqada Isko oradagi farqni 2taga yetkazdi. Oradan 10 daiqiqa o‘tib, Lukaku jamoasining yagona golini kiritdi. 

Shu tariqa «Real» o‘z tarixida 4-marotaba UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. 

Real Madrid – Manchester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 24 Kazemiro, 2:0 – 52 Isko, 2:1 – 62 Lukaku.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 74), Modrich, Beyl (Asensio, 74), Benzema (Ronaldu, 83).
Manchester Yunayted –    De Xea, Smolling, Lindelef, Darmian, Valensiya, Errera (Fellayni, 56), Matich, Mxitaryan, Pogba, Lingard (Reshford, 46), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lingard (42), Karvaxal (84), Ramos (86), Reshford (90).

Top