13:17 / 10.08.2017
8601

Yakkasaroy tumanida yana bir firibgar qo‘lga olindi

Yakkasaroy tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida  Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to‘latib berishga va'da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “La-Bufet” nomli kafeda, 1966 yilda tug‘ilgan Yashnobod tumanida yashovchi Kolesov Vladimir, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.O.ga Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to‘latib berishga va'da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.

Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro Kolesov Vladimirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top