11:39 / 10.08.2017
5674

Andijonda “Matiz”dan 1,5 mln so‘mlik uyali telefonni o‘marib ketgan shaxs ushlandi

Shu yilning 6 avgust kuni soat 09.30larda, Andijon shahrining Bo‘taqora yo‘li ko‘chasida, noma'lum shaxslar X.A.ga tegishli «Matiz» rusumli avtomashina ochiq qolgandan foydalanib, mashina salonida bo‘lgan 1500000 so‘mlik «Samsung Gallaxy A5» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganlar. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Tezkor xodimlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, mazkur o‘g‘rilikni sodir etgan Andijon shahrining Maybog‘cha ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan K.D. va Jalaquduq shahrining Boycheki ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan X.S.lar qo‘lga olindi. Ular bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida, shu kunning o‘zida yana ikkita «Matiz» rusumli avtomashinadan «Samsung Gallaxy J5»  va «Samsung Gallaxy A1» rusumli uyali telefon apparatlarini o‘g‘irlaganliklari aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil sifatida uyali telefon apparatlari olindi.

Hozirgi kunda K.D. va X.S.larni boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Top