12:38 / 10.08.2017
13222

Chet eldan qolishmaydigan diagnostika xizmatlaridan foydalanishning qulay usuli

Bugun O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga e'tibor har doimgidan katta. Mamlakat prezidenti ham minglab fuqarolarimizning chet elga davo istab borishi o‘zimizda yetarli sharoitlar yaratilmaganiga ishora ekani, shunday ekan sog‘liqni saqlash sohasini ham davlat sektorida, ham xususiy sektorda keng rivojlantirish zarurligini aytmoqda. AskDoctor.uz saytining faol hamkori Salus Vita tibbiyot kompleksi o‘zining xalqqa ko‘rsatayotgan tibbiy xizmatlari sifatini xorij standartlari darajasiga ko‘tarishga bel bog‘lagan. Misol uchun, klinika vakillarining aytishicha, Salus Vita”dagi diagnostika xizmatlari chet eldagidan mutlaqo qolishmaydi. Saytga kiring va u yerda ushbu muassasa va uning shifokorlari bilan tanishing.

AskDoctor.uz sayti va mobil ilovalarida tanishishingiz mumkin bo‘lgan klinikalardan biri “Salus Vita” ko‘p profilli tibbiyot muassasasidir. Unda xalq ehtiyojidagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha shifokor konsultatsiyalari, diagnostika va tibbiy tahlil xizmatlari ko‘rsatiladi.

Kasallikni vaqtida aniqlash – asoratlarsiz davolash kafolati

“Oqibatni davolagandan, sababni aniqlash va katta muammolarning oldini olgan ma'qul”, deydi tibbiyot maskani rahbari Shuhrat Rasulov. “Salus Vita” doim hamyurtlarimizni o‘z sog‘ligiga e'tiborli bo‘lishga, tibbiy ko‘riklardan o‘tib turishga chaqiradi. O‘z navbatida, xodimlarimiz esa doimo bemorlarning yuzaga chiqqan xastaliklarining o‘zini emas, ularning kelib chiqish sabablari – kasallikning doimiy o‘chog‘ini aniqlashga intiladi.”

Malakali shifokor va rahbarning fikriga ko‘ra, zamonaviy dunyomizda kam harakatlilik va boshqa omillar tufayli “tez-tez xastalanadigan bolalar”, “kasallikka moyil bemorlar” kabi iboralarni ko‘p ishlatilmoqda. Bunday muammolar bilan doimiy ravishda mukammal tibbiy ko‘rikdan o‘tish orqali kurashish mumkin.

Shu maqsadda “Salus Vita” xalqaro tibbiyot muassasalari va milliy hamkorlar bilan birgalikda mahalliy va xorijlik shifokorlar ishtirokida bepul ko‘riklar tashkil qiladi.

2017 yilning bahoridan boshlab har oy avvalida Germaniyaning “Bionorica” kompaniyasi ko‘magida “Salomatlik javohirlari” xayriya aksiyasi tashkil qilinmoqda. Ushbu aksiya aholi orasida ko‘krak bezi saratoni haqidagi ma'lumotlarni keng yoyish, salbiy oqibatlarning oldini olish uchun erta tashxis qo‘yish amaliyotini ilgari suradi. Aktsiya davomida ayollar bepul ravishda ginekolog va endokrinolog ko‘rigi, shuningdek bachadon va o‘simtalar hamda ko‘krak bezi UZI tekshiruvidan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Aktsiya haqida AskDoctor.uz sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilinadi.

Undan tashqari, mazkur klinikaning sifatli xizmatlardan foydalanish albatta ma'lum miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Shunday chiqimlarni tejash imkoniyati haqida ham AskDoctor.uz loyihasi o‘ylab qo‘ygan. AskDoctor.uz innovatsion tibbiy kartasiga ega bo‘ling va chegirmalarni qo‘lga kiriting.

Tibbiy kartalarni “Salus Vita” klinikasida olishingiz va Askdoctor.uz sayti orqali faollashtirib, bemalol ishlatish mumkin.

AskDoctor.uz o‘zi nima? 

Eslatib o‘tamiz, Askdoctor.uz sayti va Android hamda iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalarida mamlakatdagi xususiy klinikalar va ularning malakali shifokorlari ma'lumotlar bazasi mavjud. Tibbiy xizmatlardan foydalanish oddiy bosqichlarda:

- barcha mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab klinikalarning yuzlab vrachlari haqida to‘liq ma'lumot oling;
- saytda/mobil ilovada taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanib istagan shifokoringiz bilan bog‘laning;
- masofadan turib ulardan birlamchi maslahat oling;
- vanihoyat ularning qabuliga onlayn ravishda yozilib qo‘ying.

Reklama huquqi asosida

Top