00:34 / 10.08.2017
7738

Doping qabul qilishda ushlangan eng ko‘p sportchi AQShda ekanligi ma'lum bo‘ldi

Foto:SS0 Public Domain

Joriy yil boshidan AQShning 73 nafar professional sportchisining doping sinovi ijobiy chiqqan. Amerikalik sportchilar bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilarga aylandilar, deb ma'lum qilindi Ishonchga loyiq velosport xalqaro harakati rasmiy saytida.

Bu boradagi reytingda 2-o‘rinni egallayotgan Rossiyada sportchilar orasida taqiqlangan vositalarni qo‘llash holatlari 3 marta kam bo‘lgan – 24 ta. 3-o‘rinni Hindiston (16), 4- va 5- o‘rinlarni Braziliya va Dominika respublikasi (15 tadan) birgalikda bo‘lishmoqda.

Ta'kidlanishicha, doping qabul qilishda eng ko‘p beysbolchilar ushlangan: tashkilot 52 ta bunday holatni qayd qilgan. Ular ortidan yengil atletikachilar kelmoqda: ushbu sport turining 45 vakili taqiqlangan vositalar qabul qilishda ushlangan. 3-o‘rinni og‘ir atletikachilar egallamoqda (33).

Ishonchga loyiq velosport xalqaro harakatiga bir necha o‘nlab professional velojamoalar kiradi. Tashkilot doping qabul qilishda ushlangan velosportchilar sonini qolgan sport turlaridagi bunday holatlar soni bilan taqqoslash maqsadida muntazam ravishda bunday reytinglarni tuzadi. 2017 yil boshidan doping qabul qilishda 11 velosipedchi ushlangan va shu tariqa bu sport turi vakillari ro‘yxatda 8-o‘rinni egallashmoqda.

Mavzuga oid
Top