18:43 / 10.08.2017
5895

YeI KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Foto: Reuters

Yevroittifoq kengashi KXDRga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga to‘qqiz jismoniy va to‘rt yuridik shaxsni kiritdi. Bu haqda kengash xabarida aytiladi.

Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, sanksiyalar mamlakat tashqi savdo davlat bankiga nisbatan ham kiritildi.

Ko‘rsatilgan shaxslarning YeI davlatlariga kirishi taqiqlandi, ularning aktivlari esa muzlatib qo‘yiladi.

Avvalroq Pxenyanda BMT sanksiyalarining kuchaytirilishiga qarshi katta miting bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top