20:54 / 10.08.2017
33125

Ijtimoiy tajriba: "Hamyon" operatsiyasi (video)

Pul siz uchun nima? O‘z mehnatingiz evaziga kelgan pullar bilan shunchaki ko‘chada yotgan hamyon o‘rtasida farq bormi? Uzreport TV poytaxt ko‘chalarida shunga doir ajoyib tajriba o‘tkazdi va o‘zining Facebook'dagi sahifasi orqali ushbu videoni taqdim etdi. 

Mazkur loyiha o‘zbekistonliklarning atrofdagilarga naqadar befarq emasligi hamda undan olingan natijalarni xorijda o‘tkazilgan xuddi shunday ijtimoiy tajribalar bilan taqqoslash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. 

Videoda "qahramon"ning hamyoni "tasodifan" tushib qolishi va bunga atrofdagi kishilarning munosabatlari aks etgan. 

Ta'kidlash joizki, bu ijtimoiy tajriba 100 foiz ijobiy natija ko‘rsatgan. Shunisi qiziqki, hatto hamyon uzoq vaqt yerda qolib ketsa ham, yo‘lovchilar uni olishmagan. 

Top