10:52 / 10.08.2017
13225

Qodirov Instagram’ga Iroqdagi yetimxonaga tushib qolgan rossiyalik bolalar videosini joylashtirdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Bag‘doddagi yetimxonada suratga olingan va ota-onasi IShID safiga qo‘shilgan rossiyalik bolalar haqidagi videoni joylashtirdi. Bu bolalar Rossiyadan olib chiqib ketilib, so‘ngra Mo‘sul ozod qilinganda tashlab ketilganlar. Qodirov bolalarning yaqinlari ularni tanib, maxsus elektron manzil bo‘yicha bu haqda yozishlariga umid bildirgan.   

"RT telekanali rahbari Margarita Simonyan iltimosiga ko‘ra, sizning e'tiboringizga videorolikni taqdim qilaman. Bu video Bag‘doddagi yetimxonada olingan. Bolalar ruschada gaplashmoqdalar. Ularning ota-onasi yo‘q. Ular ismlarini, og‘riq, qo‘rquv va o‘lim nimaligini eslay olmaydilar. Balki kimdir bolakaylarni tanir... Agar siz ular haqida biror ma'lumotga ega yoki ularni tanigan bo‘lsangiz, children@rttv.ru manzili bo‘yicha xat yozing", deb izoh bergan videoga Qodirov.

Avvalroq Qodirov Iroqdagi yetimxonalarda ota-onalari Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar hududlariga olib chiqib ketilgan, Rossiya va MDHdan bo‘lgan 300 ga yaqin bola borligini aytgandi. Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznetsovaning ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya, Iroq va ixtiloflar bilan qamrab olingan boshqa davlatlarda 400 ga yaqin rossiyalik balog‘atga yetmagan bola bor. Qodirovning ta'kidlashicha, bolalarni izlash va ularni vatanlariga qaytarish ularning ko‘pchiligida hujjatlar yo‘qligi, Yaqin Sharqdagi tarang vaziyat va yuridik xarakterdagi muammolar sababli qiyinlashgan. Misol uchun, otasi tomondan Iroqqa olib ketilgan Bilol Tagirovni Rossiyaga qaytarish uchun Rossiya tarixida birinchi marta maxsus yuridik qaror ishlab chiqildi.  

O‘z navbatida, Rossiyaning Inson huquqlari prezident kengashi rahbari Mixail Fedotovning RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilishicha, Inson huquqlari kengashi Rossiya tashqi ishlar vazirligidan ota-onalari IShIDga qo‘shilishga qaror qilgan, Iroqda bo‘lgan bolalar soni haqida ma'lumot berishni so‘ragan va huquq himoyachilari ularni vatanlariga qaytarish uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshirishlariga va'da bergan.

 

A post shared by Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) on

 

Mavzuga oid
Top