18:40 / 10.08.2017
11559

«Manchester Yunayted» yana bir transfer tayyorlamoqda

«Pari Sen-Jyermen» himoyachisi Serj Ore faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

Le Figaro xabariga ko‘ra, Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu 24 yoshli futbolchi «MYu» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Endilikda klublar transfer qiymatini kelishib olishi, Ore esa Angliyada ishlash huquqini qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

Bundan avvalgi xabarlarda, «PSJ» ushbu o‘ng qanot himoyachisini sotishga tayyorligi, unga Angliyaning boshqa bir klubi «Chelsi» 30 million yevro taklif etayotgani aytilgandi.

Parijga Dani Alves kelgach, Orega jamoada joy qolmadi. Bu jamoada yana bir o‘ng qanot himoyachisi bor, bu Belgiya terma jamoasi a'zosi Toma Menedir.

Top