15:10 / 10.08.2017
14776

Stiven King: Tramp va Kim Chen In “sayyoraning eng aqldan ozgan kishisi” nomi uchun kurashmoqda

Amerikalik yozuvchi Stiven Kingning fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp va shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen In “Yerdagi eng aqldan ozgan shaxs” maqomi uchun raqobat qilmoqda.

“Ayni damda Donald Tramp va Kim Chen In o‘zaro kurashda bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, sayyoradagi eng aqldan ozgan shaxs kim ekani ma'lum bo‘ladi”, - deya yozdi King Twitter’da.

Avvalroq Stiven King Trampni “feyk prezident” deb atagandi.

AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida urush kelib chiqishi nechog‘lik haqiqatga yaqin?

Mavzuga oid
Top