14:44 / 10.08.2017
24385

Urgut shahrida yangi masjid barpo etilmoqda (foto)

Istiqlolga erishganimizdan keyin yurtimizning ko‘plab joylarida bir paytlar dahriy kommunistlar tomonidan yopib qo‘yilgan masjidlar chiroyli ta'mirlanib, qaytadan ochildi. Ko‘p joylarda yangidan masjidlar qurildi.

Quvonarlisi, bu jarayon hanuzgacha davom etmoqda. Yurtimizning turli joylarida yangi masjidlar qurilib, yurtimiz musulmonlari ixtiyoriga topshirilmoqda. Ana shunday yangi va zamonaviy usulda qurilayotgan masjidlardan biri Urgut shahrida barpo etilmoqda.

Hozirgi kunda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, bu masjid tegishli tashkilotlardan ruxsat olgan holda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etilmoqda.

Qurilish ishlariga tuman bosh imom xatibi mulla Shodi Haqberdiyev domla bosh-qosh bo‘lmoqda. Masjid 55 metrga 45 metr o‘lchamda qad rostlamoqda. Uning to‘rt tarafida minora qad rostlaydi va minoralarning balandligi 40 metr bo‘ladi.

Masjid xonaqohi gumbaz shaklida yopiladi va gumbaz aylanasining diametri 18 metrni tashkil etadi. Gumbazning balandligi esa 30 metr bo‘ladi. Masjidga yondosh hududda yirik avtoturargoh ham barpo etiladi.

Yangi masjid shu yilning so‘ngiga qadar ochilishi mo‘ljallangan.

O‘z muxbirimiz

Top