17:55 / 11.08.2017
11882

2013 yildan buyon qidiruvda yurgan “odamfurush” ayol ushlandi 

2013 yildan buyon qidiruvda yurgan “odamfurush” ayol Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan ushlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Buxoro IIB.
 
Ma'lum bo‘lishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Z.Berdiyevani Turkiya davlatiga noqonuniy ravishda olib borib, uning fuqarolik pasportini olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanishiga majbur qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va tergov idoralaridan yashirinib yurganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi va 223-moddasi 1-qismi bilan 2013 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Buxoro shahar, Mirzo G‘ayir ko‘chasi 71-xonada yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Dilnoza Abdullayeva olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida Tailand davlati, Bangkok shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan va viloyat IIB 3-tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. 

Unga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligi belgilandi.

Top