07:27 / 11.08.2017
8230

AQShda opioidlar sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklar tomondan ommaviy ravishda opioidlar iste'mol qilinishi sababli mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, AQShning 2 mln ga yaqin fuqarosi bu vositalardan gihyovand modda sifatida foydalanadilar. Vaholanki, bu vositalar tibbiyot maqsadlari uchun mo‘ljallangan va og‘riqni qoldiruvchi vositalar sifatida qo‘llanadi.

Ayni vaqtda Oq uy bu bilan bog‘liq vaziyatni rasman epidemiya deb e'lon qilish uchun hujjatlar paketini ishlab chiqmoqda. Trampning o‘zi esa bu muammoni AQSh oldida turgan eng jiddiy muammo deb hisoblamoqda.

2015 yilning o‘zida AQShda opioidlar iste'mol qilishdan aviafalokatlarda halok bo‘lganlardan ko‘proq, ya'ni 33 mingdan ziyodroq odam vafot etgan. Iyul oxirida Oq uy huzuridagi maxsus komissiya Trampni mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top