19:27 / 11.08.2017
9987

Audi Q3 yangi avlod avtomobili sinovdan o‘tkazilmoqda

Audi kompaniyasi yangi avlod Q3 krossoveri sinovlariga kirishdi. Fotoayg‘oqchilar ilk marta avtomobilni sinov vaqtida suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Yangi avtomobil suratlari Auto Express nashrida chop etildi. Manbaga ko‘ra, krossover taqdimoti 2018 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Suratlarga ko‘ra, kelgusi avlod Q3 avtomobili yangi A8 motivlari bo‘yicha ishlanadi. Krossover MQB platformasida quriladi. Avtomobil avvalgisiga nisbatan yengilroq va kattaroqdir. Mashinaning g‘ildirak bazasi 50 millimetrga kattalashgan. 

Yangi avtomobilning texnik xususiyatlari hozircha noma'lum. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mashinaning motor gammasiga 1,5 va 2 litrli benzin motorlari kiradi. Agregatlar kuchi 148-218 ot kuchiga teng. Krossoverning sport modifikatsiyasi 394-kuchli dvigatel bilan ta'minlanadi.

Keyinroq krossover gibrid modifikatsiyaga ham ega bo‘ladi. Qudratli tuzilma tarkibiga TFSI 1,4 litrli benzin dvigateli va elektr motor kiradi. Shuningdek Audi Q3'ning to‘liq elektr versiyasi paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

Top