23:31 / 11.08.2017
10903

«Barselona» Dembele uchun navbatdagi taklifni tayyorlamoqda

«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubi bilan Usmon Dembele transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Juma kuni katalonlar 20 yoshli bu fransuz uchun taklif miqdorini 90 million yevro (40 mln yevro bonus)ga oshirgan ammo nemislar klubi yana rad etgani haqida xabar qilindi.

As xabariga ko‘ra, endi katalonlar taklifni 140 million yevroga (110 mln naqd va 30 mln yevro bonuslar ko‘rinishida) oshirmoqchi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Dembele «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, unga 5 yillik shartnoma asosida jami 50 mln yevro maosh to‘lanishi aytilgandi.

Top