22:56 / 11.08.2017
32027

Dunyodagi eng keksa erkak hayotdan ko‘z yumdi

Yer yuzidagi eng keksa erkak hisoblangan isroillik Isroil Krishtal 113 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Haaretz xabar berdi. 

Isroil Krishtal 1903 yilda Polshada dunyoga kelgan. 

2017 yilning may oyida Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasida dunyodagi eng keksa erkak Mba Gxoto 146 yoshida vafot etgandi. Gxotoning so‘zlariga ko‘ra, u 1870 yilning dekabrida tavallud topgan. Birinchi jahon urushi boshlanganida u - 43 yoshda, Ikkinchi jahon urushi boshlanganida esa 70 yoshda bo‘lgan. 

Mbax Gxoto dunyodagi eng keksa inson sifatida rasman tan olinmagan, chunki Indoneziya yangi tug‘ilganlarni faqat 1900 yildan boshlab ro‘yxatga ola boshlagan. 

Top