Aziz yurtdoshlar! Diniy manbalarda masjidlar qurish va ularni obod qilish, shuningdek, tabiiy ofatlar yoki turli sabablar bilan vayron bo'lgan masjidlarni qayta tiklash mo'min bandalar uchun sharafli ish ekanligi ta`kidlangan.

Bunday xayrli va savobli ishlarga qo'l urgan insonlar haqida Alloh taolo O'zining kalomida marhamat qiladi: «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni barkamol o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqan kishilar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan bo'lishlari mumkin» (Tavba surasi, 18-oyat).

Yana bunday savobli amallar uchun Alloh taolo tomonidan va`da qilingan ajru savoblar haqida bir hadisi sharifda Nabiy alayhissalom: «Kim unda Alloh zikr qilinishi uchun masjid bino qilsa, Alloh unga jannatda uy qurib beradi», deganlar. (Nasoiy rivoyati).

Bulardan ma`lum bo'ladiki, kimki Allohning uylarini obod qilishga, unga infoq qilib, qulayliklarini ziyoda qilishga, u yerda namoz o'qib, ma`naviy boyligini ziyoda qilishga urinar va qalbi doim masjidlarga bog'liq bo'lar ekan, ikki dunyoning baxtu saodatiga, xayru barakasiga erishadi.

Biz, siz azizlarga, yuqoridagi mulohazalarni keltirishimizga sabab – sahovatpesha va savobtalab insonlarga murojaat qilishdir. Xabaringiz bormi, yo'qmi Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanidagi markaziy «Shoh Mashrab» jome` masjidi 2016 yil 23 noyabrda yong'in sababli butunlay yonib ketgan edi.

Hozirgi paytda ushbu masjidni qayta qurishga qo'l urildi. O'zingizga ma`lumki, qurilish ishlarini oxiriga yetkazish uchun katta mablag' talab qilinadi. Shularni hisobga olib, sizlarning ham bu savobli ishga hissa qo'shishingizga umid qilgan holda bu da`vatga jazm etdik.

Butunlay yonib ketgan «Shoh Mashrab» jome` masjidining yangidan barpo etilishi va obod bo'lishi va tez kunlarda namozxonlarga foydalanishga topshirish uchun har birimiz o'z imkoniyatimizdan kelib chiqib yordam beraylik. Ko'pchilikning xolis ehsonlari evaziga tez kunda ushbu masjid qayta tiklansa, unga sizning ham hissangiz qo'shilganidan minnatdor bo'lar edik.

Sizlarga masjid qurilishi uchun mas`ul shaxs Mahmudxon Xo'jaqulovning telefon raqami: (+998-91) 580-37-39 va bank rekvizitlarini ma`lum qilamiz.

 

«Shoh Mashrab» jome` masjidi bank rekvizitlari:

Hisob raqami: 20212000900543580001

Milliy bankning Qumqo'rg'on tumani filiali. MFO: 00914

STIR: 202644814  

 

UZCARD: 8600 0417 7037 6680. Agrobank.

Amal qilishi: 06/20. HODJAKULOV MAHMUD

 

Ushbu savobli ishga hissangizni qo'shishga shoshiling!