Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3161-son qarori bilan Prezident devonining reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Prezident devoniga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishni tarkibiy tuzilmalar:

•  Prezidentning Ijro etuvchi apparati;
•  Prezident devonining xizmatlari;
•   Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati;
•  Prezident devonining Ishlar boshqarmasi ta`minlaydi.

Ushbu organning ishi uning tarkibiy tuzilmalari to'g'risidagi nizomlar (Prezident tomonidan tasdiqlanadi),  ularning ish rejalari (tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi) va Prezident devonida hujjatlar bilan ishlash qoidalari asosida tashkil etiladi. Tasdiqlangan ish rejalarining to'liq, o'z vaqtida va natijador ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlari shaxsan mas`ul hisoblanadi.

Devonga ko'rib chiqish uchun:

•  qonunlar loyihalari — kelishish, qonunchilik tashabbusi tartibida kiritish uchun;
•  qonunlar — imzolash va e`lon qilish uchun;
•  Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari loyihalari — imzolash uchun; 
•  Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari loyihalari –kelishish uchun;
•  Prezident va uning devoni nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimidan ozod etish uchun nomzodlar bo'yicha takliflar;
•  Davlat mukofotlari bilan taqdirlash, oliy harbiy va maxsus unvonlarni berish, ulardan mahrum etish, shuningdek davlat mukofotlarini berish to'g'risida taqdimnomalar;
•  fuqarolik va siyosiy boshpana berish masalalari bo'yicha murojaatlar;
•  O'zbekiston sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etishga oid murojaatlar;
•  chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan alohida toifadagi mansabdor shaxslarning xizmat safarlariga chiqishi to'g'risida takliflar;
•  O'zbekistonning jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari kiritiladi.

Reglament yuqorida keltirilgan masalalarni ko'rib chiqishda Prezident devoni vakolatlarini amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini saqlaydi.