12:09 / 11.08.2017
5405

Snapchat egasining 2-chorakdagi zarari to‘rt barobarga oshdi

2017 yilning ikkinchi choragida Snap kompaniyasining sof zarari o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 3,8 barobarga oshib, 443,09 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, shu bilan birga, daromad 1,5 barobarga oshib, 181,6 mln dollarga yetgan.

Ikkinchi chorakda kunduzgi faol foydalanuvchilar soni 173 millionni tashkil etdi. 2016 yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkich 143 million va 2017 yilning birinchi choragida 166 millionga yetgandi.

Avvalroq OAV Google Snap tarmog‘ini xarid qilish uchun 30 mlrd dollar taklif etgani haqida ma'lum qilgandi.

Top