09:42 / 11.08.2017
7972

O‘zaro janjal oqibatida mashinasida mototsiklda ketayotgan sherigini urib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 31 iyul kuni soat 01:30 da Bekobod shahar markaziy shifoxonasidan xabar tushdi, deya ma'lumot berdi Toshkent viloyati IIB.

Xabarga ko‘ra, shu kuni soat 01:00 da Bekobod tumani Xos fermerlar uyushmasi bo‘ylab o‘tgan ichki mahalliy avtomobillar qatnov yo‘lida Bekobod tumani Xos fermerlar uyushmasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Asliddin Nurmanov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli «Ural M6736» rusumli kajavali davlat belgisi 10 603 AA mototsiklida Bekobod tumani O‘zbekiston fermerlar uyushmasi hududidan Xos fermerlar uyushmasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomon chetidagi tut daraxtiga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etganligi aniqlandi. 

Natijada mototsikl kajavasidagi yo‘lovchi, Bekobod shahrida yashagan 1993 yilda tug‘ilgan Dilmurod O‘ktamov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay Dilmurod O‘ktamov 2017 yil 31 iyul kuni soat 14:00 da vafot etdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 2017 yil 31 iyul kuni soat 01:00 da Asliddin Nurmanov o‘ziga tegishli «Ural» rusumli mototsiklida yo‘lovchi, Dilmurod O‘ktamov bilan Bekobod tumani Xos fermerlar uyushmasi bo‘ylab o‘tgan ichki mahalliy avtomobillar qatnov yo‘lida harakatlanib ketayotgan vaqtida Bekobod tumani O‘zbekiston fermerlar uyushmasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Zahriddin Shermatov o‘ziga tegishli «NeKSIYa» rusumli davlat belgisi 10 G 717 VA avtoulovini old tomoni bilan ushbu mototsiklni orqa tomonidan Dilmurod O‘ktamovga o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida bir marotaba urib, yo‘lning qatnov qismini chetiga chiqarib yuborib, og‘ir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringanligi aniqlandi. 

Zahriddin Shermatov ushlanib, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top