10:39 / 12.08.2017
7844

AQSh va Xitoy rahbarlari KXDR masalasini muhokama qilishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin o‘zaro telefon muloqoti davomida Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Reuters Xitoy davlat televideniyesiga tayanib xabar bergan.

Xitoy yetakchisi suhbat davomida KXDRning yadro masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligini alohida ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, u Trampga tomonlar vazminroq bo‘lishi kerakligini ma'lum qildi.

Telekanal xabarida qayd etilishicha, davlatlar yetakchilari Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish muhim ekanini bildirishgan.

Avvalroq Xitoy KXDR va AQSh o‘rtasidagi mojaro keskin tus olayotgani tufayli bayonot bilan chiqqandi

Top