Angliya premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda «Manchester Siti» debyutant «Brayton» mehmoni bo'lib, g'alaba qozondi.

O'ta murakkab kechgan uchrashuvda, manchesterliklar uzoq vaqt raqib darvozasi tomon yo'l topa olishmadi. Faqatgina 70-daqiqaga kelib Serxio Aguero hisobni ochgan bo'lsa, Dank besh daqiqa o'tib o'z darvozasini ishg'ol qildi va yakuniy hisobni o'rnatdi.

Shu tariqa «Manchester Siti» ketma-ket yettinchi mavsumda birinchi turni g'alaba bilan boshladi va o'ziga xos kichik rekord sohibiga aylandi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur

Brayton – Manchester Siti 0:2 (0:0)

Gollar: Aguero (70), Dank (75, avtogol).
Brayton – Rayan, Daffi, Zuttner, Saltor, Dank, Propper, Stivens, Gross, March (Knokert, 77), Braun (Merfi, 24), Xemed (Myurrey, 60).
Manchester Siti: Ederson, Kompani, Stounz, Danilo (Sane, 68), Otamendi, Fernandino, de Bryuyne, Silva, Uoker, Gabriel Jyezus (Sterling, 78), Aguero (Bernardu Silva, 83).

Ogohlantirishlar: Gabriel Jyezus (29), Sterling (82).