16:40 / 12.08.2017
10008

Bitkoin virtual pul birligining rasmiy kursi 3500 dollardan oshdi

11 avgust kuni Bitcoin kursi 3500 dollardan oshdi. Juma kungi savdolarda bitkoin 3,52 qimmatlashib, 3506,73 dollarni tashkil etdi. Xabar qilinishicha, 3500 dollarlik chegaradan Bitstamp (3528 dollar), Bitfinex (3525 dollar), Kraken (3547 dollar), GDAX (3524 dollar) va boshqa savdo maydonlarida yuqorilangan.

Coinmarketcap ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 7 kunda bitkoin 22,61 foiz o‘sdi. 8 avgust kuni bitkoin allaqachon 3500 dollardan ortgan edi. CoinDesk ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni kunning ikkinchi yarmida 3525 dollarga yetgan, biroq keyinchalik u pasaya boshladi. 

Shu bilan birga Bitcoin Cash 17 foizga o‘sib, 345,77 dollarni tashkil etdi. Yirik kriptovalyutalar orasida faqat bitkoin va Bitcoin Cash o‘sishda davom etmoqda. Efir (ETH/USD) 0,74 foizga, rippl 1,44 foizga arzonlashdi. 

Barcha kriptovalyutalarning bozor kapitallashuvi shu haftada bir necha marotaba rekord qo‘yib, 126 mlrd dollardan oshib ketdi.

Top