«Bu APL, bolakay-2!» Gollar shousi davom etdi

Sport 12 Avgust 2017 14795

Angliya premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuvda «Uotford» «Liverpul»ni qabul qildi.

Bu uchrashuvda ham birinchi uchrashuvda bo'lgani kabi gollar «yomg'iri» kuzatildi. Avvaliga mezbonlar ikki marta hisobda borishiga qaramay «Liverpul» hisobni o'z foydasiga og'dirishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda «Uotford» 3-golni kiritib, mag'lubiyatdan qutulib qolishning uddasidan chiqa oldi.

Shu bilan Angliyaning ortda qolgan ikkita uchrashuvida jami 13ta gol kiritildi. «Liverpul» va «Uotford» bir ochkodan bo'lishib, hozircha turnir jadvalining 2-3 o'rinlarida bo'lib turishibdi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur

Uotford – Liverpul 3:3 (2:1)

Gollar: Okaka Chuka (8), Dukure (32), Britos (90+3) – Mane (29), Firmino (55, penalti), Saloh (57).
Uotford: Gomes, Britos, Xolebas, Yanmat (Femeniya, 18), Kabul, Dukure, Kleverli, Amrabat, Chaloba, Pereyra (Risharlison, 49), Okaka Chuka (Grey, 63).
Liverpul: Minole, Lovren, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold (Gomes, 90), Saloh (Milner, 86), Chan, Firmino (Origi, 81), Veynaldum, Mane, Henderson.
Ogohlantirishlar: Mane (37), Aleksander-Arnold (61), Minole (88).

Ko'proq yangiliklar: