Dunyoning har bir mamlakatida urf-odatlar o'ziga xos. Bunda o'sha xalq mahalliy madaniy an`analarini hurmat qilish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, tadbirkor bo'lib, biznes bilan shug'ullansangiz, buni yaxshilab o'zlashtirish ijobiy samara beradi. Quyida dunyoning 14 mamlakatida ko'rishish odoblari haqida ma`lumot beramiz. 

AQSh

O'zingizni tanishtirib va suhbatdosh qo'lini qattiq ushlab ko'rishish kerak. 

Buyuk Britaniya

Ko'rishish yengil; shundan so'ng yaxshisi orqaga biroz chekingan ma`qul.

Braziliya

Qattiq va uzoq ko'rishiladi. Bunda ko'zga tikib qaraladi. Uzoqlashishdan avval yana bir marta takrorlash.

Xitoy

Bunda ko'p narsa suhbatdoshning yoshiga bog'liq. Katta yoshli kishiga birinchi bo'lib salom beriladi: yengil ko'rishish va yengilgina egilish, shu bilan birga ko'zga qaramaslik.

Turkiya

Qattiq qo'l berib ko'rishish qo'pollik sifatida qabul qilinadi. Shunday ekan, u yengil, ammo uzoqroq davom etish kerak. 

Marokash

Yengil ko'rishish va faqat bir jinsli kishilar o'rtasida joriy qilingan.

BAA

Dastlab yoshi katta kishining qo'li ushlanadi. Bunda qo'lni uzoqroq ushlab turishni kutishadi. Qo'lni tez tortib olish hurmatsizlik deb tushuniladi. 

Rossiya

Qarama-qarshi jins vakiliga qo'l uzatish, ishbilarmonlik nuqtainazaridan bo'lmasa,  kerak emas. Erkak kishi ayol kishining qo'lini o'padi.

Avstraliya

Agar siz ayol kishi bo'lsangiz, erkak kishiga birinchi bo'lib qo'l uzatishingiz kerak; ayollar o'zaro qo'l berib ko'rishishmaydi. 

Tayland

Bu yerda qo'l berib ko'rishilmaydi. Sizga kaftlar ko'krak to'g'risida o'zaro biriktirilgan va yarim egilish bilan kutib olishadi. Siz ham shunday javob bering.

Meksika

Ko'rishish uzoq davom etadi; shundan so'ng, erkaklar quchoqlashib ko'rishishlari ham mumkin.

Shveytsariya

Yig'ilishda bo'lgan barcha bilan xonim yoki janob deya ismlari bilan murojaat qilib ko'rishing.

Janubiy Koreya

Qo'l berib ko'rishishni katta kishi boshlaydi. U yengil bo'lishi kerak. 

Fransiya

Tez va yengil ko'rishish

O'zbekiston

O'zbekistonda “Assalomu alaykum” deb salomlashiladi. Qo'l berib ko'rishishning ham turli odoblari bor. Asosiysi, katta yoshli kishi qo'l uzatmaguncha qo'l uzatmaslik, chap qo'l ko'ksiga qo'yilgan holda yoki ikki qo'llab ko'rishish keng tarqalgan. O'zaro tengdoshlar, uzoq ko'rishmaganlar orasida quchoqlab ko'rishish holatlarini ko'rish mumkin.